Jamshidova Mushtariy Jonibekovna
Jamshidova Mushtariy Jonibekovna 2008-yil 24-iyunda Samarqand viloyati Tayloq tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi.
U 2024-yilda Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 1-maktabning 9-sinfini a’lo darajali shahodatnoma bilan bitirib, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyiga o‘qishga kirgan. 2026-yilda mazkur akademik litseyni imtiyozli qizil diplom hamda kumush medal bilan bitirgan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida grant asosida tahsil olmoqda. Uning mutaxassisligi — huquqshunoslik.
Litseydagi ta’lim faoliyati davomida Mushtariy Jamshidova Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan targ‘ibot ishlarida faollik ko‘rsatgani uchun bir necha bor esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. U litseydagi turli tanlovlarda ishtirok etib, sertifikat va diplomlarga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, yuridik soha bo‘yicha «Modern Science and Research», «New Innovasion» va boshqa jurnallarda maqolalari e’lon qilingan.
U suhbat asosida Termiz davlat universiteti Yurisprudensiya fakultetiga 87/100 ball bilan qabul qilingan, biroq Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida o‘qishga kirgani sababli Termiz davlat universitetida tahsil olmagan.
Volontyorlik faoliyati doirasida u «Eng yaxshi konstitutsiya targ‘ibotchisi» loyihasining «Eng yaxshi konstitutsiya infografikasi» yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egallagan. «Korrupsiyaga qarshi» shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibotda faol ishtirok etib, tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan «Yoshlar kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan «Hayot qadri» shiori ostidagi targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etgani uchun ham tashakkurnoma olgan. Shuningdek, boshqarma tomonidan joylarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida qatnashib, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi rahbari tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma bilan taqdirlangan. U Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi hamda litseyning «Adliya qanotlari» volontyorlari safida doimiy ravishda faol qatnashib, boshqa turdagi tashakkurnoma va diplomlarga ham sazovor bo‘lgan.
Mushtariy Jamshidova ota-onasining doimiy qo‘llab-quvvatlashini o‘z yutuqlariga ta’sir qilgan muhim omil deb biladi. Bo‘sh vaqtida ilmiy maqolalar va ilmiy kitoblar o‘qiydi, sport bilan shug‘ullanadi. U liderlik uchun mas’uliyat va halollik muhim ekanini ta’kidlaydi. Uning shiori: «Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qilaman. Har bir qiyinchilik — o‘sish va yangi imkoniyat uchun bir qadam.»
Kelajakda xalqaro yurist bo‘lish hamda tashqi ishlar vazirligi sohasida ishlashni maqsad qilgan. U boshqalar undan rostgo‘ylik va ota-onaning ishonchini oqlashni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
