Jiyanboyeva Chinora Bobir Qizi

Jiyanboyeva Chinora Bobir Qizi
Jiyanboyeva Chinora Bobir Qizi
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Jiyanboyeva Chinora Bobir qizi 09.04.2008-yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, Chimmos MFY, Oqmachit 314-uyda tug‘ilgan. Ushbu manzil uning doimiy yashash joyi hisoblanadi. Hozirda u vaqtincha Toshkent viloyati, Jo‘rabek MFY, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 25/13-uy, 149-xonadonda yashaydi.

U Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-kurs talabasi sifatida tahsil olmoqda.

Chinora Samarqand shahar miqyosidagi mushoira tanlovida 1-o‘rinni, viloyat miqyosida 4-o‘rinni egallagan. Samarqand shahar miqyosidagi insholar tanlovida 2-o‘rinni olgan. U CEFR sertifikati, ona tili va tarix fanlaridan 100 foizlik MSga ega. Shuningdek, Girls Voice loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan, Volontyorlar maktabini tugatgan hamda buning uchun xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.

Uning hayotiga ustoz va opasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Samarqand televideniyasida boshlovchi va nashriyotchi bo‘lgan shaxsning taklifi bilan uning she’rlari gazetada e’lon qilingan. Shuningdek, u televideniyedagi ijodkorlar va ijtimoiy faol yoshlar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuvga taklif qilingan. Bu voqealar uning hayotida juda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtida she’r yozadi, kitob o‘qiydi, siyosiy tahlillar izlaydi, tarixiy joylar va yashil maskanlarda sayr qiladi. U o‘zi uchun yangilik qilishga intiladi. Ijodkor yosh sifatida ko‘rsatuvlarda bir necha bor qatnashgan, volontyorlik qilgan va “Zakovat” o‘yinlarida faol. Shuningdek, “tengdosh — tengdosh” tamoyili asosida ona tili va adabiyoti fanidan MS uchun o‘qituvchilik qiladi.

Uning hayotiy shiori: “I muri sono nella mente”, ya’ni “To‘siqlar faqat ongimizda”. Chinora kelajakda kitobini chop etishni, diplomatiya sohasida o‘z o‘rnini topishni hamda xalq va davlat uchun kerakli kadr bo‘lishni maqsad qilgan.

“O‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring. 💫”

Hoziroq ariza qoldirish