Jo'raboyeva Muxlisa Rahmon Qizi
Joʻraboyeva Muxlisaxon Rahmon qizi 2009-yil 24-yanvarda Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanida tugʻilgan. U Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining Davlat va jamiyat boshqaruvi fakulteti 1-kurs talabasi. U faoliyatini 2026-oʻquv yilidan boshlagan. Ingliz tili, tarix, ona tili va matematika fanlaridan sertifikatlarga ega. Uning hayotiga oilasi ta’sir ko‘rsatgan. Hayotiy prinsipi: «Bugun kechagidan ham yaxshiroq harakat qilaman». Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi hamda ingliz tili darajasini oshirish uchun shu tildagi kino va kontentlarni tomosha qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun jamoadagi har bir shaxsning fikrini hurmat qilish, ularga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash muhim. Kelajakda o‘z sohasida yetuk, lider kadr bo‘lish va boshqalarga imkon qadar yordam berishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan og‘ir-bosiqlik va sabrni o‘rganishlari mumkin.
