Jórayeva Barchinoy Behzod Qizi
Jórayeva Barchinoy Behzod qizi 2007-yil 23-may kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida yashaydi.
Barchinoy 3-kurs talabasi bo‘lib, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil oladi. Dastlab Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘qigan, hozirda Qarshi davlat universitetida tahsil olmoqda.
U QVZda ishtirok etgan. Uning xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. Barchinoy mental arifmetika bo‘yicha xalqaro darajadagi trener hisoblanadi hamda ingliz tilidan til sertifikatiga ega.
U ijtimoiy tarmoqlar orqali “Kutilmagan qo‘ng‘iroq” loyihasini olib boradi. Ushbu loyiha orqali insonlarga shukrona kunlarida ko‘proq quvonch ulashadi. U jurnalistikaga qiziqadi va bu ish bilan ko‘proq shug‘ullanishni xohlaydi. Chiroyli ovozi orqali
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — mas’uliyat, qat’iyat va ishonch. Shuningdek, boshqalar undan ishonchli bo‘lish — berilgan va’dada turish; qat’iyat — qiyinchilikda ham qaror qabul qila olish; adolat — barchani teng va hurmat bilan ko‘rish; muloqot qobiliyati — boshqalarni tinglash va fikrni aniq yetkazish; empatiya — jamoaning his-tuyg‘ularini tushunish; tashabbuskorlik — muammoni kutmasdan yechim izlash kabi fazilatlarni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi.
Barchinoy shaxsiy o‘quv markaziga asos solishni rejalashtiradi. Bu orqali o‘quvchilarning ilm olishiga ko‘mak berish va “imkonsiz” degan so‘zni ularning lug‘atidan o‘chirishni maqsad qilgan.
Uning hayotiy shiorlari: “O‘zingga ishongan kuningdan boshlab, imkonsiz degan so‘z o‘z ma’nosini yo‘qora do” hamda “Men hech kim bilan poygada emasman. Men kechagi o‘zimdan yaxshiroq bo‘lish uchun yashayman.”
