Jo'rayeva Muxlisa Botirjon qizi

Jo'rayeva Muxlisa Botirjon qizi
Jo'rayeva Muxlisa Botirjon qizi
6 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Jo'rayeva Muxlisa Botirjon qizi 2005-yil 5-yanvarda tug‘ilgan. U Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanida yashaydi. Muxlisa Namangan davlat pedagogika institutida tugallanmagan oliy ta'lim bosqichida fizika va astronomiya yo‘nalishida tahsil oladi.

U 6 yil oldin o‘qishga bo‘lgan qiziqishi sababli faoliyatini boshlagan. Fizika va texnologiyaga qiziqadigan yosh tadqiqotchi sifatida yangi g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirishga intiladi. U muammolarga oddiy yechim bilan cheklanmay, yangicha yondashishga harakat qiladi. Turli tanlov va loyihalarda ishtirok etish orqali tajribasini oshirib, olgan bilimlarini jamiyat uchun foydali ishlarga yo‘naltirishni maqsad qilgan.

U «Ulug'bek vorislari» respublika tanlovining tuman hamda viloyat bosqichlari g‘olibi, «Yil talabasi» tanlovining innovatsion loyihalar yo‘nalishi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, milliy sertifikatning B darajasiga ega.

Hozirda ingliz tilini o‘rganadi. Shaxmat va shashka o‘ynash uning hobbiysidir. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish. U haqiqiy lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, jamoasini tinglashi, to‘g‘ri qaror qabul qilishi va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak, deb hisoblaydi.

U jamiyatda o‘z o‘rnini chuqur egallashni, ilmiy faoliyatini yanada yaxshiroq davom ettirishni, xalqaro startap loyihalarda qatnashishni, magistr darajasini grant asosida qo‘lga kiritishni hamda yurti rivojiga ulkan hissa qo‘shishni maqsad qilgan. U uchun har bir yangi loyiha o‘rganish, tajriba orttirish va o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun yangi imkoniyatdir.

“Mening shiorim — muammoni to‘siq emas, yangi imkoniyat deb ko‘rish. Har bir g‘oya kichik bo‘lishi mumkin, ammo uni bilim, mehnat va qat’iyat bilan katta natijaga aylantirish mumkinligiga ishonaman. Men imkoniyatni kutmayman — uni o‘z g‘oyalarim va mehnatim bilan yarataman.”

Hoziroq ariza qoldirish