Jo'rayeva Shabnam Asqarovna

Jo'rayeva Shabnam Asqarovna
Jo'rayeva Shabnam Asqarovna
26 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Joʻrayeva Shabnam Asqarovna 2008-yil 3-may kuni Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashaydi. U 20-maktabda tahsil olgan. Hozirda Shahrisabz Davlat pedagogika institutining Tarix fakultetida grant asosida, tarix yo‘nalishining 1-kursida tahsil olmoqda.

U 2024-yildan tayyorgarlikni boshlagan va 2026-yilda talaba bo‘lgan. Shabnam milliy sertifikatlar sohibi, kitobxon hamda bo‘lajak tarix fanlari doktori. Uni o‘z ustozı Akmal Safarov ilhomlantiradi. Bo‘sh vaqtida badiiy asarlar o‘qish bilan shug‘ullanadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — intiluvchanlik. U o‘z ustida ishlab, kasbining eng zo‘r egasi bo‘lishni maqsad qilgan va barchaning ham o‘z ustida ishlashini istaydi. Turk tiliga qiziqadi hamda CEFR olish niyatida.

“O‘zingizga ishoning, chunki har bir katta orzu kichik qadamdan boshlanadi.

Qiyinchiliklardan qo‘rqmang, ular sizni yanada kuchli va tajribali inson qiladi.”

Hoziroq ariza qoldirish