Jumaboyeva Nigoraxon Anvarvna
Nigoraxon Jumaboyeva Anvarjon qizi 2008-yil 3-dekabrda Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. U Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Begavod qishlog‘ida yashaydi.
U dastlab 4-sinfgacha 28-maktabning rus sinfida o‘qigan. 5-sinfda 21-maktabda, 5-sinfdan 9-sinfgacha esa 20-maktabda tahsil olgan. Shuningdek, 2 yil davomida 2-sonli politexnikum kollejining kompyuter grafikasi va dizayn operatorligi yo‘nalishida o‘qigan. Hozirda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Angren fakultetining ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
U biznes va marketingga qiziqadi, kelajakda o‘z shaxsiy brendiga asos solish niyatida. Ayni paytda bu soha bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda. U ingliz tilidan B2 sertifikat, ona tilidan B+ sertifikat hamda Qizlar akademiyasidan bort kuzatuvchilik bo‘yicha sertifikat olgan. Bu yil Jahon tillari universitetiga qabul qilingan. Hozirda o‘z shaxsiy asarini yozish bilan band va tez orada o‘z kitobini chiqarishni rejalashtirmoqda.
Uning onasi yoshligidan ta’limga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirgan hayotidagi birinchi insondir. Uning hayotdagi eng katta missiyasi ta’lim olish uchun mablag‘ga muhtoj bolalar hamda ayol-qizlarga qo‘lidan kelgancha moddiy va ma’naviy yordam berishdir. U xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ishlash niyatida. O‘zbekistonda, Afg‘onistonda va shunga o‘xshash turli davlatlarda ta’lim olishga muhtoj, ammo ayrim sabablarga ko‘ra cheklanayotgan, turli bosimlar tufayli qurbon bo‘layotgan bolalar, shuningdek, Suriya va Falastindagi turli urushlar natijasida begunoh qurbon bo‘layotgan och-nahor bolalarga moddiy va ma’naviy yordam berishni xohlaydi.
Bo‘sh vaqtlarida u o‘z asarini yozadi, turli ilmiy va badiiy kitoblarni o‘qiydi, maqolalar yozadi, o‘zini turli sohalarda volontyorlik orqali sinab ko‘radi. Shuningdek, shaxsiy rivojlanishi uchun yangi tillarni, falsafa va tarixni o‘rganadi, turli o‘simliklar o‘stiradi va gullarni parvarish qiladi.
U kelajakda butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish, o‘z sohasi bo‘yicha yuqori cho‘qqilarni zabt etish hamda jurnalistika, bortkuzatuvchilik, tarjimonlik, gidlik va media marketing yo‘nalishlarida o‘z salohiyatini sinab ko‘rishni rejalashtiradi. U yaqin orada exchange dasturlari orqali chet elda malaka oshirib, tahsil olib kelishni istaydi. Uning eng muhim maqsadlaridan biri yordamga muhtoj ayol-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Uni ilhomlantiradigan shior: «O‘zingga ishonsang, imkoniyatlar chegarasi yo‘q». Hayotiy prinsipi: «Hech kim bilan emas, kechagi o‘zim bilan raqobat qilaman. Orzularim katta bo‘lsa, harakatlarim ham katta bo‘lishi kerak». Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim ko‘nikmalar insonlar bilan to‘g‘ri kommunikatsiya o‘rnata olish va xarizmaga ega bo‘lishdir. U boshqalar insonlarning fikriga qarab emas, o‘zlari istaganidek hayot kechirishni, albatta, odob-axloq qoidalaridan chiqmagan holda yashashni va qat’iyatli bo‘lishni o‘rganishlarini xohlaydi.
