Jumanazarova Maqsudaxon To'lqin Qizi

Jumanazarova Maqsudaxon To'lqin Qizi
Jumanazarova Maqsudaxon To'lqin Qizi
29 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Maqsudaxon Jumanazarova To‘lqin qizi 2007-yil 06-iyunda Toshkent shahri Yunusobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Ramadan MFYda yashaydi. U O‘zbekiston Milliy Universitetining yurisprudensiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

U turk tili va huquq fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Faoliyatini boshlaganiga 1 yil bo‘lgan bo‘lib, «Tashketlawschool» o‘quv markazida menejer va o‘qituvchi sifatida ishlaydi. Turk tilidan xalqaro TYS sertifikatiga ega hamda «Yosh kitobxon» tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

Adolatsizlik bilan bog‘liq voqea unga ta’sir qilgani sababli huquqshunoslikni tanlagan. Uning hayotiy shiori: «Doim o‘zingga ishon va muvaffaqiyatga erish.» U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va kino ko‘radi, shuningdek, chet tillarini o‘rganish hamda qo‘shiq aytishga qiziqadi.

Uning fikricha, mas’uliyatlilik liderlikning eng muhim fazilatidir va mas’uliyatli inson doim oldinda bo‘ladi. Kelajakda yurist, ya’ni advokat bo‘lishni rejalashtiradi. U boshqalar undan doimo harakat qilishni, motivatsiya bilan dars qilishni va chet tillariga qiziqishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish