Jumanazarova Muxlisa G'anisher Qizi

Jumanazarova Muxlisa G'anisher Qizi
Jumanazarova Muxlisa G'anisher Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Muxlisa Jumanazarova Gʻanisher qizi 2008-yil 26-sentyabrda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tugʻilgan. U Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashaydi. Muxlisa Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich bakalavr talabasi bo‘lib, Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining siyosatshunoslik yoʻnalishida tahsil oladi. U o‘qish faoliyatini 2026-yilda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida boshlagan.

U 2023-yilda Essaylar tanlovida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan. Tarix fanidan A daraja, ingliz tilidan B2 va ona tilidan C+ darajani olgan. Uning Grants Pro loyihasi bor, unda 70 dan ortiq obunachi mavjud.

Muxlisaning siyosatshunos bo‘lishida ustozining katta motivatsiyasi muhim o‘rin tutgan. Ota-onasining “Sening qo‘lingdan keladi”, deb qo‘llab-quvvatlashi uning o‘qishida katta turtki bo‘lgan. Uning hayotiy shiori: “Ortga chekinma. Sendan umid qilib turganlar bor.” Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va voleybol o‘ynaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun chiqishuvchanlik va boshqara olish qobiliyati muhim.

Kelajakda u o‘z maqolasi va ilmiy ishini chetga chiqarishni, o‘z loyihasi va startapini yaratishni, o‘zidan kichik kurslarga foydasi tegishini, turli xil grantlar hamda xalqaro grantlarni yutishni, chet davlatlardagi konferensiyalarga borishni, magistraturada Germaniyada o‘qishni, zo‘r mutaxassis bo‘lib yetishishni hamda Tashqi ishlar vazirligida faoliyat olib borishni rejalashtiradi. Boshqalar undan vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va diqqatni o‘qishga qaratishni o‘rganishlari mumkin.

U 7-sinfgacha oddiy qishloq maktabida tahsil olgan. Keyin ixtisoslashtirilgan maktabda 3 yil, Nur Ziyo xususiy maktabida esa 1 yil o‘qigan. Imtihonlardan yiqilganida ham ortga chekinmagan.

Hoziroq ariza qoldirish