Jumanazarova Shoira Umrbek qizi
Jumanazarova Shoira Umrbek qizi 2007-yil 11-fevralda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Chirchiq shahrida yashaydi. U oliy ta’lim olmoqda va Chirchiq davlat pedagogika universitetida tahsil oladi.
Shoira Jumanazarova “IQUIZ” intellektual o‘yinida 1-darajali diplom sovrindori bo‘lgan. Onasi unga hayotda hech qachon taslim bo‘lmaslikni o‘rgatgan. Uning hayotiy shiori: “Allohga ishon va harakatda to‘xtama, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi”.
Bo‘sh vaqtida til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — hayotda hech narsadan qo‘rqmasdan, o‘zining qila olishiga ishonib, harakatni davom ettirish hamda kelajak go‘zal bo‘lishi uchun intilishdir.
U bilim olishdan to‘xtamaslik, ko‘plab grant dasturlarini yutish, chet davlatda o‘qish, bilimini yanada oshirish hamda hamma sohada bilim va tajribaga ega mutaxassis bo‘lishni rejalashtirgan. U qanday qiyinchilik bo‘lmasin ortga qaramaslik va harakatdan to‘xtab qolmaslik kerak, shunda barcha maqsad va orzular amalga oshadi, deb hisoblaydi. Shoira Jumanazarova harakatdan to‘xtab qolmagani va barcha maqsadlariga birin-ketin erishayotgani haqida bildirgan.
“Oʻzingiz taslim boʻlishni oʻylayotgan oʻsha ogʻir daqiqa, aslida hayotingizdagi eng katta gʻalaba boshlanadigan nuqtadir. Togʻning eng baland va goʻzal choʻqqisiga faqatgina mashaqqatli hamda sabr-toqatli yoʻllarni bosib oʻtganlar yetib boradi.”
