Jumanova Nozima

Jumanova Nozima Atabek qizi
Jumanova Nozima Atabek qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Jumanova Nozima Atabek qizi 2008-yil 20-fevralda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan. U Jizzax viloyati Sharif Rashidov tumanida yashaydi. O‘rta ta’limni bitirgan Nozima hozirda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, filologiya, ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

U faoliyatini 9-sinfda repetitorga qatnashishdan boshlagan. Nozima CEFR B2 sertifikatiga hamda milliy sertifikatning B+ darajasiga ega. U huquq bo‘yicha “Yoshlar va qonun” tanlovida ishtirok etib, 2 marta respublika bosqichiga chiqishga erishgan.

Nozimaga huquq ustozining aytgan gaplari ta’sir qilgan. Uni onasining unga faxr ko‘zi bilan qarab turishi ilhomlantiradi. U bo‘sh vaqtida inglizcha qo‘shiqlar tinglaydi va huquqqa oid sud jarayonlarini ko‘radi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun odamlarni boshqara olish va mas’uliyatlilik muhim.

Kelajakda u chet elda o‘qishni davom ettirish hamda juda ko‘p davlatlarga sayohat qilishni rejalashtiradi. Boshqalar undan huquqqa oid, oz bo‘lsa-da, bilim, shuningdek rostgo‘ylik, mas’uliyatlilik, kechikmaslik, tinglash va bag‘rikenglikni o‘rganishlari mumkin.

Nozima haqiqiy sud zalini va unda qanday jarayonlar bo‘lganini ko‘rish imkoniga ega bo‘lgan. Shuningdek, u sudya formasini kiyib, uning joyida “Hukm” o‘qigan.

“Kichik qadamlar katta natijalarga olib boradi. Orzu qil. Harakat qil. Erish!”

Hoziroq ariza qoldirish