Jumayeva Dilso‘z
Jumayeva Dilso‘z G‘olib qizi 2008-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi.
U Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-kurs talabasi.
Dilso‘z Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 189 ball bilan grant asosida o‘qishga qabul qilingan. U ingliz tilidan CEFR B2, matematikadan A darajali milliy sertifikat, ona tilidan B+ sertifikat hamda tarixdan C darajali milliy sertifikat sohibasi. Shuningdek, Ibrat Academy loyihasining ingliz tili sertifikatiga ega.
Uning hayotiy prinsipi: “Sen Allohning erkatoyisan. Maqsadlaring sari olg‘a qadam tashla, bilim ol va rivojlan, chunki qiz bola ilm ila ziynatlanadi.” Bo‘sh vaqtida ko‘plab badiiy asarlar o‘qiydi va sport bilan shug‘ullanadi.
Dilso‘z lider bo‘lish uchun odamlar bilan juda tez chiqishib ketish, moslashuvchanlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch muhim deb hisoblaydi. Uning fikricha, boshqalar undan nutq qobiliyatini, rus va ingliz tillarida yaxshiroq gapirishni hamda intiluvchan bo‘lishni o‘rganishlari mumkin. U rus va ingliz tillarida mukammal gapiradi hamda IT texnologiyalari bo‘yicha yaxshi bilimga ega.
U IELTS natijasini 9 ball bilan yangilash, koreys tilidan TOPIK olish, chet davlatda grant yutish va kelajakda Markaziy bankda ishlashni rejalashtiradi.
“Maqsad, harakat va yakunida ko‘plab muvaffaqiyatlar. Bilimli yoshlar birgalikda Yangi O‘zbekistonni butun dunyoga tanitamiz.”
