Jummayeva Sevinch Bolta Qizi

Jummayeva Sevinch Bolta Qizi
Jummayeva Sevinch Bolta Qizi
28 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Jummayeva Sevinch Bolta qizi 2008-yil 21-iyulda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi.

U Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi. Ayni vaqtda Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi sifatida tahsil oladi.

Sevinch Yuridik universitetga kirishni asosiy maqsad deb bilib, bu yo‘ldagi tayyorgarlik harakatlarini 9-sinfdan boshlagan. Dastlab ingliz tilini o‘rgangan va B2 (59 overall) sertifikatini qo‘lga kiritgan. U maktabning “Zakovat” klubi a’zosi bo‘lgan, doimiy o‘yinlarda maktab nomidan qatnashib, jamoaviy tarzda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Universitetga kirguniga qadar barcha umumta’lim fanlaridan sertifikatlari tayyor bo‘lgan. Jumladan, ona tili va adabiyoti hamda tarix fanlaridan B+, matematika fanidan esa C darajali sertifikatlarga ega.

Buvining vafoti uning hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Buvisi Sevinchning o‘qib-izlanishini, mashhur advokat va huquqshunos bo‘lib yetishishini istagan. Ushbu hodisa uni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga va buvisiga bergan va’dasining ustidan chiqishga intilishga turtki bo‘lgan.

U bo‘sh vaqtini foydali ishlarga sarflashga harakat qiladi. Turk va ingliz tillarini o‘rganish, badiiy asarlar o‘qish, dunyodagi siyosiy ahvol, huquq tizimiga oid islohotlar, davlatlardagi huquq tizimlari hamda ularning ishlashi haqida axborot to‘plash uning qiziqishlari sirasiga kiradi. Shuningdek, u musiqa kuylash bo‘yicha tug‘ma iste’dodga ega ekanini bildiradi va taxminan 7-sinfgacha she’r yozish bilan shug‘ullangan.

U universitetga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi — Xalqaro huquq va Raqamli huquq yo‘nalishlari uchun dastlabki saralash bosqichi bo‘lgan IQ bosqichidan 133 ball bilan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Sevinch kelajakda o‘z sohasida yaxshi kadr bo‘lib yetishishni, xalq manfaatlari himoyasiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan. U xalqaro huquq yo‘nalishida xorijiy davlatlarda, jumladan Germaniyada, ta’lim olishni, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishni, ilmiy va mehnat muhitlari almashinuvida ishtirok etishni hamda olgan bilimlaridan jamiyat rivoji yo‘lida foydalanishni rejalashtiradi.

Uning fikricha, lider bo‘lish har sohada mukammallikni anglatmaydi. Haqiqiy lider mas’uliyatdan qochmaydigan, holatni oqilona o‘rganib, tahlil qiladigan, tashabbusni o‘z vaqtida qo‘llay biladigan va hech qachon rivojlanishdan to‘xtamaydigan kishidir. Sevinch qat’iyat, intizom, mas’uliyat, javobgarlik hissi, tashabbuskorlik, harakatchanlik va sabrlilikni muhim ijobiy sifatlar deb biladi hamda muvaffaqiyat va ko‘zga ko‘rinadigan natijalar aynan shu sifatlar ortidan kelishiga ishonadi.

Uning hayotiy prinsipi: “Muvaffaqiyat bu mukammallik emas! U qo‘rquvlar, ikkilanishlar va qat’iyat mevasi.”

Hoziroq ariza qoldirish