Juraboyeva O'g'iloy Dilmurod Qizi

Juraboyeva O'g'iloy Dilmurod Qizi
Juraboyeva O'g'iloy Dilmurod Qizi
29 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Juraboyeva Oʻgʻiloy Dilmurod qizi 16.05.2008-yilda Andijon viloyati Marhamat tumanida tugʻilgan. U hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi.

U 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilingan va ayni paytda universitetning 2-bosqich talabasi sifatida yurisprudensiya sohasida tahsil oladi. Universitet faoliyatidagi turli loyihalarda volontyorlik qilgan hamda sertifikatlar olgan.

Oʻgʻiloyning hayotida otasi muhim oʻrin tutadi: otasi unga kuchli va sabrli qiz boʻlishni oʻrgatgan hamda taʼlim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. U muammoli holatlarda sabr qilish va insonlar bilan samimiy muloqot qilishni muhim deb biladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun kuchli kommunikatsiyaga ega bo‘lish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va jamoada ishni toʻgʻri olib borish zarur.

U bo‘sh vaqtida rasm chizadi, voleybol bilan shugʻullanadi, sheʼr yozish, dizaynerlik va mobilografiya sohalariga qiziqadi. Shuningdek, bu yoʻnalishlarda amaliy tajribaga ega.

Kelajakda u advokatlik va universitetda oʻqituvchilik sohasida faoliyat yuritishni istaydi. Bu orqali jamiyatdagi insonlarga yordam berib, ularning muammolarini hal qilishni xohlaydi. Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borishni maqsad qilgan.

Uning hayotiy prinsipi: “Qochayotgan narsang ichingda boʻlsa, qayga qochasan — hamma joy bir.” Unga quyidagi misralar ham ilhom beradi: “Nasib qilsa kelar shom-u Iroqdan, nasib qilmasa ketar qosh-u qovoqdan.”

“Hayot bir marta beriladi, unda shunday yashangki, ketayotganingizda sizda zarracha afsus boʻlmasin.”

Hoziroq ariza qoldirish