Kabirova Mubinabonu Farhodjon Qizi

Kabirova Mubinabonu Farhodjon Qizi
Kabirova Mubinabonu Farhodjon Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Kabirova Mubinabonu Farhodjon qizi 2008-yil 9-fevralda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi. U O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, jurnalistika sohasida tahsil oladi.

U faoliyatini 17 yoshidan shaxsiy kontent va videolar orqali boshlagan. Mubinabonu “Tuman faxri” sohibasi hamda Ta’lim vazirligi tomonidan berilgan “Kumush” medal sohibasi. U ona tili, tarix va ingliz tili bo‘yicha sertifikatlarga ega. Shuningdek, 35 tadan ortiq maqola va 3 ta kichik hikoya yozgan.

Bo‘sh vaqtida post uchun she’r aytadi, rasm chizadi, kitob o‘qiydi va ma’lumotlar qidiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun tirishqoqlik, izlanuvchanlik va tashabbuskorlik muhim. U boshqalar undan tirishqoqlik, faollik va o‘zini har sohada sinab ko‘rishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Kelajakda o‘z shaxsiy brendi orqali sahifasini mazmunli kontentlar bilan yuritishni rejalashtiradi. Shuningdek, Koreya, Turkiya va jurnalistika sohasi ko‘zga ko‘ringan bir qator davlatlarda kasbiy mahoratini oshirishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: “Nasib bo‘lsa, kelar shom-u Iroqdan, nasib bo‘lmasa, ketar qosh-u qovoqdan.”

“O‘zgarishlar kutib kelmaydi, uni o‘zing boshlab berasan...”

Hoziroq ariza qoldirish