Kabulova Dinara
Kabulova Dinara Rustam qizi 2009-yil 26-fevralda Ellikqala tumanida tug‘ilgan. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqala tumanida yashaydi. U Qoraqalpog‘iston davlat universitetining Chimbay fakultetida psixologiya yo‘nalishida tahsil oladi hamda psixologiya sohasiga qiziqadi. Faoliyatini 2025-yildan boshlagan. U sertifikat olgan, kitob o‘qishga qiziqadi va ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda qatnashgan. Uning hayotiy shiori: «Hech qachon oson kunlar mashaqqatsiz bo‘lmaydi». Dinara lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat mas’uliyatli bo‘lish, deb hisoblaydi. U o‘z kasbining mutaxassisi va ko‘ngil shifokori bo‘lishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan kelajak yo‘lini tanlashni hamda hayotda qanday amallar bilan yashashni o‘rganishlari mumkin. Uning yoshlar uchun fikri: «Orzularing sari qo‘rqmasdan dadil qadam tashla. Harakat qil, kelajaging seni albatta kutmoqda.»
