Kamoliddinova Nigina
Nigina Kamoliddinova Baxtiyor qizi 2008-yil 14-iyunda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Yuksalish MFY, Nafosat 2-tor, 15-uyda yashaydi.
U Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishining 2-kursida tahsil oladi. U ona tili fanidan B+ darajadagi milliy sertifikat sohibi. U faoliyatini 2 yil oldin boshlagan.
Uning hayotiga onasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: «Bugungi mehnatim — ertangi natijam». U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va maqola yozadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun faol bo‘lish va tortinmaslik eng muhim fazilatlardir.
U magistraturada Amerikada grant asosida tahsil olishni, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni va insonlarga foydasi tegadigan inson bo‘lishni rejalashtiradi. Boshqalar undan rostgo‘ylik va haqiqatni gapirishni o‘rganishlari mumkin. U hayotda eng muhimi bir to‘xtab qolmaslik kerak, degan shior ostida yashaydi.
