Kamolov Shahzod Baxtiyor Oʼgʻli
Kamolov Shahzod Baxtiyor O‘g‘li 2005-yil 5-fevralda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tug‘ilgan. Hozirda Namangan viloyati Namangan shahrida yashaydi. U Namangan davlat pedagogika institutining Tarix yo‘nalishi 4-bosqich talabasi bo‘lib, pedagogika sohasida tahsil oladi.
U faoliyatini 2023-yilda Namangan davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirishdan boshlagan. Ko‘plab tanlovlarda qatnashgan. Hayotida unga ta’sir qilgan voqea 1-kursga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi mandatning chiqishi bo‘lgan.
U 2 yil davomida guruh sardori va koordinatori sifatida faoliyat yuritgan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat boshqaruvchanlik qobiliyatidir. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi. U boshqalarga intiluvchan, harakatdan to‘xtamaydigan, dadil va shijoatli bo‘lishni o‘rgata oladi.
Uning hayotiy prinsipi: «Muvaffaqiyatni kishi hayotda erishgan mavqe bilan emas, balki o‘sha muvaffaqiyatni qo‘lga kirita turib, u qanday to‘siqlarni yengib o‘tgani bilan o‘lchash kerak». Kelajakda rahbar bo‘lib ishlashni hamda yaxshi oilaning egasi bo‘lishni maqsad qilgan. Uning boshqa yoshlar uchun maslahati: «Harakatdan to‘xtamasdan shahdam qadamlar bilan maqsad sari olg‘a yurish lozim».
