Karimova Robiyaxon Ulugʻbek qizi

Karimova Robiyaxon Ulugʻbek qizi
Karimova Robiyaxon Ulugʻbek qizi
5 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Karimova Robiyaxon Ulugʻbek qizi 2007-yil 7-yanvarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida tugʻilgan. U hozirda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida yashaydi.

Robiyaxon International Agriculture Universityning Agrieconomics yoʻnalishi 2-kursida tahsil oladi. U iqtisodiyot va biznes sohasida oʻqiydi. Uning taʼlim va rivojlanish yoʻlidagi faoliyati 2022-yilda Prezident taʼlim muassasalari agentligi qoshidagi Yangiyer shahar aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilingani bilan boshlandi. Keyinchalik, 2025-yilda International Agriculture Universityning ingliz tili guruhiga 100%lik davlat granti asosida qabul qilindi.

U New Uzbekistan Universityda @yesu_uz tomonidan tashkil etilgan "Who funds the future: The role of venture capital in Innovation&Growth conducted by Bekhzod Khoshimov" nomli workshopda qatnashib, sertifikat oldi. Bundan avval International Agriculture Universityda tashkil etilgan Career Clubda ham qatnashib, sertifikat oldi. Shuningdek, u International Agriculture Universityda tashkil etilgan Job Fair tadbirida Career Counselor Departmentida volontyorlik faoliyatini olib borgan. Ushbu faoliyati davomida koʻrsatgan qobiliyatlari haqida hamkasbi, International Talent Academyda University Counselor lavozimida faoliyat olib borayotgan Shahruh Mahkamdjanovdan LinkedIn orqali recommendation letter olgan.

Robiyaxonning hayotida rivojlanishga turtki beradigan insonlar ota-onasidir. U, avvalo, ota-onasining orzularini amalga oshirish uchun harakat qilmoqda. Bu yoʻlda u Bekzod Khoshimovni oʻziga eng yaxshi namuna deb biladi. Uning fikricha, Bekzod Khoshimovga qaragan har qanday iqtisodchi oʻzining eng mukammal kelajagini koʻradi.

Uni doim ilhomlantiradigan shior: "Oʻzingga ishonsang, imkonsiz degan soʻz yoʻqoladi." Boʻsh vaqtida asosan til oʻrganadi va jahon adabiyotiga oid kitoblarni oʻqiydi. Uning fikricha, lider boʻlish uchun eng muhim jihatlar kreativlik, jamoa bilan ishlay olish hamda yoshlarni oʻz izidan ergashtira olish qobiliyatidir.

Kelajakda Robiyaxon oʻqishini davom ettirib, magistratura va doktoranturada tahsil olish hamda fan doktori unvonini olishni xohlaydi. Shuningdek, ota-onasi bilan dunyo boʻylab sayohat qilishni orzu qiladi. U boshqa yoshlar qancha rad javobini olishmasin, ruhiyatini choʻktirmasdan yana oʻrnidan turib harakat qilishni oʻrganishlari mumkin deb hisoblaydi.

"Qiyinchilik seni toʻxtatish uchun emas, kuchaytirish uchun keladi."

Hoziroq ariza qoldirish