Kenjayeva Xadichabonu Asliddinjon Qizi
Kenjayeva Xadichabonu Asliddinjon qizi 2007-yil 14-iyulda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. U Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashaydi. Xadichabonu Navoiy davlat universiteti Biotexnologiya fakultetining 1-kurs talabasi bo‘lib, 3 ta sertifikat sohibasi hisoblanadi. U bo‘sh vaqtida shaxmat sport turi bilan shug‘ullanadi.
Uning kelajakdagi maqsadlari — Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘lish va dunyo bo‘yicha yagona biotexnolog bo‘lish. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonlarga mansabi yoki puliga qarab muomala qilmaslik, ularning bilim darajasini o‘rganish hamda yangi ma’lumotlar yig‘ish muhim. Xadichabonu oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun hech qaysi sinovda ortga chekinmasdan, har doim oldinga harakat qilishni muhim deb biladi.
Uning hayotiy prinsipi: “Agar ota-onangizning siz uchun o‘z orzularidan kechgani yaxshi kelajak qurishingizga turtki bo‘lmasa, boshqa joydan motivatsiya qidirishning foydasi yo‘q...”
