Komiljonova Sevinchoy Sardorbek Qizi

Komiljonova Sevinchoy Sardorbek Qizi
Komiljonova Sevinchoy Sardorbek Qizi
28 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sevinchoy Komiljonova, Sardorbek qizi, 2007-yil 24-oktyabrda Xorazmda tug‘ilgan. U umumiy o‘rta ta’limni bitirgan va hozirda TDYU Xalqaro huquq fakultetining 1-kurs talabasi sifatida oliy ta’limda tahsil olmoqda. U TDYU TTJning 2-binosida yashaydi.

U faoliyatini 10-sinfda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishdan boshlagan. Maktab davrida faol bo‘lgan, Yoshlar ittifoqida faoliyat yuritgan hamda 4 ta fandan sertifikat olib, yuridikaga o‘qishga kirgan. Uning hayotida o‘qishga kira olmagani, qayta tayyorgarlik ko‘rib o‘qishga kirgani hamda ota-onasining bergan ishonchi, umidi va faxri ta’sirli bo‘lgan.

Uning hayotiy prinsipi — har ishda bir xayr borligini bilib, shukr qilib, yana oldinga intilish. Bo‘sh vaqtida dunyoda hech kim bilmaydigan qiziq narsalarni bilish, o‘qish va o‘rganish orqali dunyoqarashini kengaytiradi, dunyoga boshqa ko‘z bilan qarab yashaydi. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanadi, sog‘lom ovqatlar tayyorlaydi va tanlovlarda qatnashib zavq oladi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatli, kreativ va kirishuvchan bo‘lish, shuningdek, ishiga sabr va mehr bilan yondashish muhim. U maqsadlarini aytishni xohlamaydi: avval maqsadiga erishib, keyin natijani odamlar bilan bo‘lishishni afzal ko‘radi. U boshqalar undan kreativ fikrlashni, dunyoga boshqa tarafdan qarashni, fikrlashni kengaytirishni, hayotdan zavq olishni, imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib muvaffaqiyatlarga erishishni va baxtli yashashni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. U o‘zini ular uchun eng yaxshi tanlov deb hisoblaydi va buni tanishganda, amaliyotda ko‘rish mumkinligini bildirgan.

Motivatsiya bermayman, chunki undan foyda yo‘q, bor, lekin vaqtincha. Maslahatim — maqsadni uzoqdan qo‘yish va hech kimga aytmaslik, chunki odamlar energiyangizni tortib oladi. Masalan: maqsadim Marsdan 2 xonali uy olish — 30 yil ichida!

Hoziroq ariza qoldirish