Komilova dilbar

Komilova Dilbar Shayxiddin qizi
Komilova Dilbar Shayxiddin qizi
11 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Komilova Dilbar Shayxiddin qizi Samarqand davlat universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, Filologiya fakultetining o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini 2 yil oldin boshlagan. Ona tili fanidan milliy sertifikat sohibasi bo‘lgan Dilbarning IELTS darajasi 6.

Uning ota-onasi va oilasi hayotida unutilmas o‘rin tutadi. Bo‘sh vaqtida ko‘plab badiiy kitoblar o‘qiydi, she’r o‘qish orqali nutqini yaxshilaydi hamda hozirda she’r yozish bilan shug‘ullanishni boshlagan. U sport bilan, ayniqsa tennis bilan shug‘ullanadi va yaxshi o‘rinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, u “Grand” sohibasi.

Dilbarning fikricha, lider bo‘lish uchun tartib va intizom muhim. U o‘zini qat’iyatli deb biladi va o‘ziga qattiq ishonadi. Uning hayotiy shiori: “Bir kun kelib muvaffaqiyatim shunchalik baland bo‘ladiki, bugungi qiyinchiliklarim faqat xotira bo‘lib qoladi.” Kelajakda u bugun talaba, ertaga olima bo‘lishni, eng yaxshi kadr sifatida o‘zi kabi o‘quvchilarni ergashtirishni istaydi.

“Bilim va tarbiya.”

Hoziroq ariza qoldirish