Kuromboyeva Sevinch Sherali Qizi
Kuromboyeva Sevinch Sherali qizi 20.02.2007-yilda Navoiy viloyati, Navoiy shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent International Universityning 2-kurs talabasi bo‘lib, yurisprudensiya va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Uni huquq sohasi bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalar hamda kiberxavfsizlik qiziqtiradi. U, ayniqsa, huquq va kiberxavfsizlik kesishadigan sohalarda bilimlarini rivojlantirishni maqsad qilgan.
Sevinch faoliyatini universitetga kirganidan so‘ng yanada faolroq boshlagan. U universitetdagi tadbirlar, tanlovlar va turli loyihalarda qatnashish orqali tajriba orttirgan, o‘z fikrini erkin ifodalash, jamoa bilan ishlash hamda yangi tashabbuslarda faol bo‘lishga e’tibor bergan. Uning fikricha, faoliyatni boshlash uchun mukammal sharoitni kutmasdan, kichik imkoniyatlardan foydalanish muhim.
U “Vatan iftihori”, “Yosh tadqiqotchi”, “Yil talabasi 2026” va “Kelajak qanoti” nomlari bilan qayd etilgan yutuqlarga ega. Shuningdek, Qizlar akademiyasining turli kurslari sertifikatlari, ingliz tili bo‘yicha CEFR sertifikati, Thomson maktabidagi har bir daraja sertifikatlari, faxriy yorliqlar hamda turli tashakkurnomalarga ega. U matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabni barcha fanlardan 5 baho bilan bitirgan, so‘ng Navoiy shahar Politexnikumini qizil imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Uning hayotiga katta ta’sir qilgan insonlardan biri — onasi. Onasining ishonchi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi unga kuch beradi. Sevinch kelajakda kuchli va bilimli huquqshunos bo‘lishni, chet elda o‘qish yoki malaka oshirish orqali xalqaro tajriba orttirib, olgan bilimlarini O‘zbekistonda qo‘llashni istaydi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi sohada faoliyat yuritib, xalq va qonun oldidagi mas’uliyatini munosib bajarishni orzu qiladi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, ingliz tilini rivojlantiradi, yangi narsalarni va huquqiy mavzularni o‘rganadi. Musiqa tinglab dam olishni ham yaxshi ko‘radi. Uning hayotiy prinsipi: “Men shoshilmayman, lekin to‘xtamayman.”
