Luxmonova Gulchehra
Luxmonova Gulchehra Rahmat qizi Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashaydi. U Shahrisabz pedagogika universiteti litseyini tamomlagan hamda Sarbon universitetining yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil oladi.
U 2026-yildan tarix va huquq fanlaridan maqolalar yozib chiqarishni boshlagan. Bo‘sh vaqtida ham maqolalar yozish va kitob o‘qish bilan shug‘ullanadi. U tarix fanidan milliy sertifikatga, ona tilidan milliy sertifikatga hamda maqolalari uchun xalqaro sertifikatga erishgan.
Uning hayotiy shiori: «Orzular maqsadga, maqsadlar esa harakat bilan haqiqatga aylanadi». Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, balki o‘z qarorlari va jamoasi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga oladi.
Gulchehra yaxshi ta’lim olib, o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni, yangi bilim va tajribalar orttirib, jamiyatga foydali inson bo‘lishni orzu qiladi. U kelajakda o‘z loyihalarini amalga oshirib, katta yutuqlarga erishishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan mas’uliyatli bo‘lishni, qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari intilishni va har qanday vaziyatda ijobiy fikrlashni o‘rganishlari mumkin.
Boshqa yoshlarga maslahatim: vaqtlarini qadrlashsin va doimo yangi bilim olishga intilishsin.
