Mahmudjonov G‘olibjon
Mahmudjonov G‘olibjon G‘ofir o‘g‘li 2006-yil 8-fevralda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashaydi.
U tugallanmagan oliy ta’limga ega bo‘lib, hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida geografiya sohasida tahsil oladi. U universitetdagi o‘qishini 2024–2025-o‘quv yilidan boshlagan.
G‘olibjon maktab davrida geografiya fanidan asosiy fan olimpiadalarida yutuqlarga erishgan. Jumladan, tuman olimpiadasida 3 karra, viloyat bosqichi olimpiadasida esa 2 karra g‘alaba qozongan.
Uning hayotiy prinsipi — yaxshi kunlarga yetishish va saodatli hayot kechirish uchun og‘ir va mashaqqatli kunlardan o‘tish kerakligi. U bo‘sh vaqtida til o‘rganish, kitob mutolaa qilish va shaxmat o‘ynash bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat mas’uliyatlilik, ya’ni jamoa mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish va shunga munosib tutishdir.
Kelajakda u o‘z sohasi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishni hamda vatanga foydasi tegadigan inson bo‘lishni maqsad qilgan. U o‘zini xotirjam, har narsaga jahli chiqavermaydigan, kam gapirib, ko‘p tinglaydigan inson sifatida ta’riflaydi.
