Mahmudova E'zoza Jasur Qizi
Mahmudova E'zoza Jasur qizi 10.07.2007-yilda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tug'ilgan. Hozirda Termiz shahrida yashaydi. U Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Davolash fakultetida tahsil oladi.
E'zoza meditsinaga doir ilmiy maqolalar va loyihalar ustida ish olib boradi. U birinchi kurs talabalik davridan startaplar ustida ishlab kelgan, antologiyalar hamda xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi hisoblanadi. Uning startap loyihalari — Curcumed va MedBase. U meditsinaga doir 20+ xalqaro maqolaga ega. Shuningdek, Qizlar akademiyasi a'zosi bo'lib, turk va ingliz tillarida erkin so'zlasha oladi.
U faoliyatini Qizlar akademiyasi rahbari, ustozi Marjona Jurakulovadan motivatsiya olgan holda boshlagan. Shijoati va intiluvchanligi sababli xalqaro antologiyalarga taklif etilgan. U Turkiyada bo'lib o'tgan antologiyaga, xalqaro OAK jurnallariga maqolalar bilan hamda televideniyedagi yoshlar uchun «Yangi rejalar» ko'rsatuvlariga taklif etilgan.
Bo'sh vaqtida she'rlar, ilmiy va uslubiy qo'llanmalar yozadi. Uning shiori: «Vaqt bizni kutmaydi, bugungi ishni ertaga qoldirma». Uning fikricha, lider bo'lish uchun intiluvchanlik, ishni ortga surmaslik va vaqtni to'g'ri taqsimlay bilish muhim. U o'z sohasining yetuk shifokori bo'lib, insonlarga yordam berishni hamda kelajakda lider qizlar klubini ochishni maqsad qilgan. U har bir insonning talanti va mahorati borligi, ularni namoyon etish insonning o'ziga bog'liqligini ta'kidlaydi.
