Mahmudova Munisa Muzaffar Qizi

Mahmudova Munisa Muzaffar Qizi
Mahmudova Munisa Muzaffar Qizi
24 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Mahmudova Munisa Muzaffar qizi 2008-yil 21-aprelda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Mirobod tumanida istiqomat qiladi va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 1-kurs talabasi.

U faoliyatini maktab davridan ham oldin boshlagan. Bolaligidan ta’lim, sport, musiqa, madaniyat va jamoatchilik yo‘nalishlariga qiziqib keladi. Vokal yo‘nalishidagi faoliyatini 5–6 yoshidan boshlab, turli konsert va sahna tadbirlarida vokal ijrosi bilan qatnashgan. U 2016-yilda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan suv sporti musobaqasida ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘lgan.

Munisa 2017-yilda “Kamalak sardori” sifatida faoliyat olib borgan. O‘sha yili “Kamalak bolalari” tadbirida fortepiano yo‘nalishidagi tanlovda ishtirok etgan. Shuningdek, 2017–2018-yillarda husnixat yozish bo‘yicha tanlovlarda qatnashib, 1-o‘rinni egallagan. Maktab yillarida kitobxonlik va intellektual rivojlanishga alohida e’tibor qaratib, qisqa vaqt ichida 100 dan ortiq kitob, bugungi kungacha esa 150 dan ortiq kitob mutolaa qilgan. U “Yosh kitobxon” kabi kitobxonlik yo‘nalishidagi faoliyatlarda hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlarida ishtirok etgan.

U Yuksalish Leaders Academyda tahsil olib, liderlik, jamoa bilan ishlash, tashabbuskorlik va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarida bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirgan. “Qizlar Akademiyasi” doirasida turli yo‘nalishlarda ta’lim olib, bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan. 2025-yilda “Maqsad Club” a’zosi bo‘lib, “Shaxsiy rivojlanish” va “Qadriyatlar” kurslarida tahsil olgan.

Ta’lim sohasida tarix va ona tili fanlaridan muallimlik qilib, o‘quvchilarni imtihonlarga tayyorlagan. U ta’lim berganlar orasidan 20 nafardan ortiq o‘quvchi tegishli fanlardan sertifikatga ega bo‘lgan. Munisa tarix, ingliz tili va ona tili fanlaridan milliy sertifikatlarga ham ega.

2025-yil 19-may kuni uning maqolasi Turkiyada nashr etilgan xalqaro antologiyada chop etilgan. U, shuningdek, Ucraft MUNda Rossiya delegatsiyasi nomidan ishtirok etib, diplomatiya, xalqaro munosabatlar, muzokara olib borish, omma oldida fikr bildirish va turli pozitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha tajriba orttirgan. 2025-yilda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan intellektual musobaqada jamoasi bilan qatnashib, 1-o‘rinni egallagan.

Bugungi kunda u “Qizlar Akademiyasi” volontyori sifatida yoshlar bilan bog‘liq tashabbuslarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, “MEHR” volontyori sifatida jamiyatga foyda keltirish, insonlarga ko‘mak berish va ijtimoiy loyihalarda faol qatnashishga intilmoqda.

Munisaning kelajakdagi maqsadi xalqaro munosabatlar va diplomatiya yo‘nalishida kuchli xalqaro ta’lim olish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish hamda diplomatiya yoki BMT kabi xalqaro maydonlarda faoliyat yuritishdir. U yoshlar, ayniqsa qizlarning ta’lim olishi, o‘ziga ishonchi va liderlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan loyihalar yaratishni xohlaydi. Uning asosiy tamoyili: “Bilim bilan yo‘l topish, mehnat bilan iz qoldirish, imkoniyatdan esa boshqalarga foyda keltirish uchun foydalanish.”

Hoziroq ariza qoldirish