Mamadaliyeva Ixlimoy Erkinjonovna
Mamadaliyeva Ixlimoy Erkinjonovna 23.06.2008-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Uchtepa tumanida istiqomat qiladi. U 17-umumiy maktabda 9 yil, 1-son politexnikumida 2 yil tahsil olgan. Hozirda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-kurs talabasi.
U faoliyatini 7-sentabrdan boshlagan. Ona tili va ingliz tili fanlaridan bir qator sertifikatlar sohibasi. Bo‘sh vaqtida badiiy asarlar mutolaa qiladi; nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotidan ham juda ko‘plab asarlarni o‘qiydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng avvalo mas’uliyatli bo‘lish, kreativ g‘oyalarga boy bo‘lish va omma bilan tez muloqotga kirisha bilish muhim. Boshqalar undan mas’uliyat va tavakkal qilishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
Kelajakda u filologiya sohasi bo‘yicha faoliyat olib borib, fan doktori darajasiga erishishni hamda jurnalistika yo‘nalishida o‘zining shaxsiy mualliflik ko‘rsatuvlariga ega bo‘lishni maqsad qilgan.
O‘zingizga ishoning, chunki katta orzular kichik qadamlardan boshlanadi. Hozirgi hayotingizda yashashingiz uchun qilgan harakatlaringiz va ko‘rgan qiyinchiliklaringiz hech qachon yodingizdan chiqmasin.
