Mamadiyorova Ismigul Urol qizi
Mamadiyorova Ismigul Urol qizi 2008-yil 18-avgustda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Hozirda Pastdarg‘om tumanida yashaydi va O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida talaba sifatida tahsil oladi. U fan olimpiadalarida hamda shaxmat bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egallagan. Bo‘sh vaqtida rasm chizish va turli xil aqlni charxlovchi mashqlar bilan shug‘ullanadi. Uni Cho‘lpon, Muhammad Yusuf va Zulfiya ijodi ilhomlantiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat, xushmuomalalik va talabchanlik muhim fazilatlardir. U kelgusi 2 yil ichida TOPIK 5 va IELTS 7+ olishni, 2 yildan keyin esa o‘z sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, Koreyada o‘qishni davom ettirishni rejalashtiradi. Boshqalar undan xushchaqchaqlik va kayfiyatni ko‘tarishni o‘rganishlari mumkin.
