Mamadjanov Muxammadali Xalimboy o‘g‘li
Mamadjanov Muxammadali Xalimboy o‘g‘li 2000-yil 4-fevralda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Namangan viloyati, Namangan shahrida yashaydi.
U bakalavr darajasida Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 2025-yilda o‘qishni tugatib, aynan shu yilning o‘zida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida faoliyatini boshlagan. Hozirda ma’naviyat va ma’rifat sohasida faoliyat yuritadi.
U 2023-yilda Namangan viloyati hokimligi tomonidan o‘tkazilgan ideaton tanlovida faxrli o‘rinni egallagan. 2024-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan hamda tuman bosqichi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, “Yosh jadidchilar” respublika jurnali tanlovida tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Sport bo‘yicha 2017–2018-yillarda kombat aykido hamda dafkundo sport turlari bo‘yicha respublika g‘olibi bo‘lgan. Kikboks sport turi bo‘yicha ham “Oltin vodiy” chempioni hisoblanadi.
Bo‘sh vaqtida ingliz tilini o‘rganadi va robototexnika bilan shug‘ullanadi. Kelajakda robototexnika hamda IT fanlarini chuqur o‘zlashtirish va akademik darajasiga yetishni maqsad qilgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Orzu — bu maqsad, maqsad esa kelajakka undaydi. Kelajagimiz o‘z qo‘limizda, imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerak”. Xalqimiz aytganidek, bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga ishonib, to‘g‘ri harakat qilish va iqtidorli yoshlarni yetaklay olish muhim. Shuningdek, boshqalar undan intiluvchanlik va maqsad yo‘lida sobit turishni o‘rganishlari mumkin.
