Mamajonova Zuxraxon Otabek Qizi
Mamajonova Zuxraxon Otabek qizi 2008-yil 9-fevralda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrida yashaydi. Zuxraxon umumiy o‘rta ta’limni 61-maktabda olgan va hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining 1-kursida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olmoqda. U 2026-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilingan.
U B2 sertifikati sohibi hamda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Uning ota-onasi unga katta motivatsiya beradi. Zuxraxon bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, sayohat qilishni sevadi va raqs bilan shug‘ullanadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat va intizom eng muhim fazilatlardir. Kelajakda u adolatli yurist, ya’ni advokat bo‘lishni maqsad qilgan. U boshqalarga doimo oldinga intilish va hech qanday vaziyatda ham to‘xtab qolmaslik kerakligini o‘rgata oladi. Uning hayotiy prinsipi: «Buyuk g‘oyalar faqat va faqat qat’iyatli harakat qo‘shilgandagina haqiqatga aylanadi».
