Mamarajabova Malika Abror Qizi
Mamarajabova Malika Abror qizi 2007-yil 10-oktabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. U O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. Ta’lim darajasi — tugallanmagan oliy.
U faoliyatini universitetga kirganidan boshlab boshlagan. Malika Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. Litseydagi raqs va bahrubayt tanlovlarida 1-o‘rinlarni egallagan, litseyni qizil diplom bilan bitirgan. Milliy sertifikatdan B darajani olgan, CEFR bo‘yicha B1 darajaga erishgan. Universitetidagi Karyera maktabini tugatib, sertifikat olgan. Shuningdek, jamoat ishlarida volontyor sifatida faoliyat yuritadi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, raqs tushish va shirinlik tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Yangi narsalarni o‘rganish va o‘zini rivojlantirishga qiziqadi. Ayniqsa, xorijiy tillar, xalqaro munosabatlar hamda turli mamlakatlar madaniyatiga qiziqishi katta. Ingliz tilini rivojlantirish va kelajakda xalqaro sohada faoliyat yuritishni maqsad qilgan.
U kelajakda bilimli, tillarni biladigan, xalqaro muhitda ishlaydigan, mustaqil hamda o‘z hayotini o‘zi qura oladigan qiz bo‘lishni xohlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun qat’iyat, halollik, empatiya va o‘ziga ishonch muhim. Boshqalar undan bilim olishga qiziqish va qat’iyatni o‘rganishlari mumkin. Uning hayotiy prinsipi: “Qiyin bo‘layotgani — imkonsiz degani emas.”
