MAMATALIYEV DIYORBEK NODIRBEK OG'LI
Mamataliyev Diyorbek Nodirbek o‘g‘li 2007-yil 5-avgustda tug‘ilgan. U Namangan viloyatida yashaydi. Namangan davlat universitetining Jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
U Namangan davlat universiteti Axborot xizmati muxbiri. 2025-yilda universitetda ijtimoiy faol yosh sifatida faoliyat olib borgan. Universitetdagi rahbar va yoshlar uchrashuvida media materiali yaratib, taklif bildirgan; ushbu media materiali va taklifi tufayli faoliyatini boshlagan.
Diyorbek “Eng yaxshi notiq — 2026” tanlovi g‘olibi. Uning hayotiy prinsipi: “Bugun qilayotgan harakatlar ertangi hayot uchun muhim poydevor, albatta, amallar niyatlarga bog‘liq!” Bo‘sh vaqtida o‘zini rivojlantirishga harakat qiladi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik hamda halollik muhim. Maqsadi media sohasida global maydonga chiqishdir. U boshqalarga kreativlikni, har doim xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishni va doim kelajak uchun qayg‘urishni o‘rgata oladi.
“Bugun qilayotgan harakatlar ertangi hayot uchun poydevordir, albatta, amallar niyatlarga bog‘liq.”
