Mamatova Sarvinoz Qudrat Qizi
Mamatova Sarvinoz Qudrat qizi 2008-yil 31-iyulda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Qibray tumanida yashaydi.
Sarvinoz O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini 2026-yil sentyabr oyidan boshlagan. Shuningdek, shaxsiy biznes yuritgan.
Bo‘sh vaqtida turli sohalarda o‘z ustida ishlaydi. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat deb o‘ziga bo‘lgan ishonchni biladi. Uning hayotiy shiori: “O‘zligingni sev, bilim bilan yuksal, kelajak sari intil!”
Sarvinoz o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishni maqsad qilgan hamda jurnalist bo‘lishni istaydi. U boshqalar undan ko‘p narsalarni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi.
