Mamatqobilova Hilola Zafar qizi
Mamatqobilova Hilola Zafar qizi 2005-yil 1-iyunda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U Guliston davlat universiteti Filologiya fakultetining 2-bosqich talabasi.
U universitetga kirgandan so‘ng she’r va maqola yozishni boshlagan. Bo‘sh vaqtlarida she’rlar, maqolalar va kitoblar o‘qiydi. “Zulfiyaxonim izdoshlari” klubi hamda XDP a’zosi bo‘lgan Hilola turk tilidan B2 daraja sertifikatiga ega. U sport bo‘yicha 1-o‘rinni olgan, shuningdek, klublar orasida ham 1-o‘rinni egallab kelmoqda.
Hilola har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intiladi. Uning asosiy shiori: “O‘zingga ishon, harakatdan to‘xtama va hech qachon orzularingdan voz kechma.” Kelajakda o‘z sohasini mukammal egallab, bilim va tajribasini doimiy rivojlantirishni, she’rlari va maqolalarini yanada takomillashtirib, ijodi orqali o‘z o‘rnini topish hamda katta yutuqlarga erishishni istaydi. Shuningdek, u atrofidagi insonlarga foydali bo‘lishni maqsad qilgan.
