Mansurova Munira Mansurovna

Mansurova Munira Mansurovna
Mansurova Munira Mansurovna
27 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Mansurova Munira Mansurovna 2008-yil 16-sentabrda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi.

Ma’lumoti — o‘rta. U 7-sinfgacha Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. So‘ngra Navoiy viloyati Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga sinov asosida qabul qilingan. U 2026-yilda JIDU talabasi bo‘lgan va hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil oladi.

Munira kichikligida gimnastika sport turi bilan shug‘ullangan hamda tuman miqyosidagi bir qancha diplomlarga ega. Shaxsiy sabablarga ko‘ra ushbu faoliyatini kengaytira olmagan. U ELO ingliz tili olimpiadasida jamoasi bilan tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Hokim mukofoti» tanlovida 1-o‘rinni egallagan. U IELTSdan 7, ona tilidan B+, tarix fanidan A va matematikadan B darajaga ega.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslar — otasi va onasi. Onasi har doim uning yonida bo‘lgan va uni qo‘llab-quvvatlagan, otasi esa uning hech kimdan kam bo‘lmasligi uchun bor imkoniyatini bergan. Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinishi uning hayotida tub burilish yasagan: dunyoqarashi o‘zgargan, aqlli va yuqori ambitsiyali do‘stlar orttirgan. Ushbu maktabga topshirishiga onasi sababchi bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, musiqa tinglash, film va seriallar ko‘rish hamda ba’zan sudoku yechishni yoqtiradi. U ingliz va rus tillarini rivojlantirishga vaqt ajratadi. Yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi, qiziq bo‘lgan mavzular haqida chuqurroq izlanishga harakat qiladi. Uning fikricha, aynan shu qiziqishlari uni doimo izlanishga va o‘zini rivojlantirishga undaydi.

Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, balki o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun ham javob bera olishi kerak. U qat’iyat va o‘z ustida ishlashni muhim deb biladi: maqsadiga erishish uchun qiyinchiliklarga qaramay harakat qilishga intiladi, yangi narsalarni o‘rganishdan hamda xatolaridan xulosa chiqarishdan qo‘rqmaydi.

Muniraning kelajakdagi asosiy maqsadi — o‘z sohasida kuchli va malakali mutaxassis bo‘lish. U universitetda bilimlarini chuqurlashtirish, xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini rivojlantirish va xalqaro munosabatlar sohasida tajriba orttirishni istaydi. Kelajakda xalqaro tashkilotlarda yoki diplomatiya sohasida faoliyat yuritib, O‘zbekiston manfaatlarini munosib himoya qilish, mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘shish, xorijda tajriba orttirish va keyinchalik o‘rgangan bilimlarini yurtida qo‘llashni maqsad qilgan.

Uning hayotiy shiori: «Men qayerdan kelganim bilan emas, qayerga borayotganim bilan belgilanaman».

Hoziroq ariza qoldirish