Marjona Dusanova

Marjona Dusanova
Marjona Dusanova
17 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Marjona Dusanova Qushboy qizi 2007-yil 5-sentabrda Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. Hozirda Samarqand viloyatida yashaydi. U Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishida tahsil oladi hamda tilshunoslik boʻyicha ilmiy ish olib boradi.

U faoliyatini bir yil oldin ustozlari bilan boshlagan. Universitet tadbirlarida muntazam qatnashgan, 2 ta maqola yozgan. Ushbu maqolalarning 1 tasi Belarusiyada, 2-si Turkiyada nashr qilingan. Boʻsh vaqtida maqola yozadi, hozirda arab va turk tillarini oʻrganmoqda. U hozirgacha juda koʻp talabaga maqola yozish boʻyicha bor bilimlarini oʻrgatib kelgan, ularning ham bu maslahatlar asosida koʻplab maqolalari chop etilgan.

Otasining vafoti unga juda taʼsir qilgan. U hayotda kimdandir ilhomlanmaganini, ammo Qurbonov Zayniddin domladan juda katta saboq olganini bildiradi. Uning fikricha, lider boʻlish uchun inson oʻziga ishonishi, hammaning oldida oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan bor isteʼdodini namoyon qila olishi kerak. Bu, albatta, yutuqdir.

Marjona ilmiy ishini davom ettirib, tilshunos olima va katta dotsent boʻlishni rejalashtirgan. U sanʼat sohasiga ham juda qiziqadi: yoshligida raqs kurslariga borgan, hozirda esa boʻsh vaqt topganda ashula ham kuylab turadi.

“Haqiqiy lider boshqalardan oldinda yuradigan emas, boshqalarga ham oldinga intilish uchun ilhom beradigan insondir.”

Hoziroq ariza qoldirish