Masharova Diyora Sobir Qizi
Masharova Diyora Sobir qizi Toshkent shahri, Sergeli tumanida yashaydi. U o‘rta ma’lumotli bo‘lib, 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. Hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishida tahsil olmoqda. U 7-sentabrdan mazkur universitetda o‘qishni boshlagan.
Diyora ingliz tili fanidan B2, ona tili fanidan B+ hamda tarix fanidan C+ milliy sertifikatlarga ega. Shuningdek, u mahalliy stipendiyalar egasi. U boshqa tillarni oson o‘rgana oladi, tillarni o‘rganishga qiziqishi kuchli. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi va kitob o‘qiydi.
Unga o‘z maqsadlari ta’sir qilgan. Uning hayotiy prinsipi: «Bugungi qilayotgan harakating — ertangi natijaning poydevoridir». Diyora lider bo‘lish uchun qat’iyatlilik va qo‘rqmaslikni eng muhim fazilatlar deb biladi. U boshqalarga qat’iyatlilik, liderlik va kirishimlilikni o‘rgata olishiga ishonadi. Uning kelajakdagi maqsadi — yurti kelajagi uchun manfaatli inson bo‘lish.
«Kelajak tasodifan qurilmaydi, u bugungi tinimsiz harakatlaring va biliming evaziga bunyod bo‘ladi.»
