Mavlonova Jasmina Mansurovna

Mavlonova Jasmina Mansurovna
Mavlonova Jasmina Mansurovna
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Mavlonova Jasmina Mansurovna 2006-yil 22-martda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Tayloq tumanida yashaydi. 52-maktabda tahsil olgan va hozirda SamDPI 3-kurs talabasi sifatida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi.

U 2024-yilda maktabni bitirib, institutga kirgan hamda 2024-yildan beri shu yo‘nalishda o‘qib kelmoqda. Jasmina Volontyorlik maktabida o‘qib chiqqan, maqolalar yozgan, startap bo‘yicha qatnashgan va institut tanlovlarida ishtirok etgan. Shuningdek, “Jadidlar faxri”da qatnashib, sertifikat va tashakkurnomalar olgan.

U yangi narsalarni o‘rganishga va o‘zini doim rivojlantirishga intiladi. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, uy ishlari bilan shug‘ullanadi va repetitorga boradi. Uning hayotiy shiori: “Bugungi harakatim — ertangi faxrim.”

Uning fikricha, haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, balki o‘z qarorlari va jamoasi uchun javobgarlikni ham zimmasiga oladi. Shuningdek, boshqalar undan har qanday vaziyatda taslim bo‘lmaslikni, o‘ziga ishonishni va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishni o‘rganishlari mumkin.

Kelajakda u o‘qishini tugatib, magistraturada o‘qishni, chet ellarga sayohat qilishni hamda ota-onasini haj safariga yuborishni rejalashtiradi. U faqat o‘zi uchun o‘zi imkoniyatlar yaratishi kerakligini ta’kidlaydi.

Hoziroq ariza qoldirish