Mavlonova Maxliyo

Mavlonova Maxliyo
Mavlonova Maxliyo
2 oktabr, 20261 daqiqalik o'qish

Maxliyo Mavlonova Oybek qizi 2005-yil 3-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida tugʻilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti Filologiya fakultetining Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-bosqich talabasi.

Maxliyo o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish va muhabbati tufayli ushbu yoʻnalishni tanlagan. U 2 yil tayyorgarlik ko‘rib, 2023-yilda oliy o‘quv yurtiga davlat granti asosida qabul qilingan. U xalqaro antologiyalar ishtirokchisi, bir necha tanlovlar gʻolibi, maqola va hikoyalar yozuvchi hamda kitobxon talabadir.

Uning ilmga bo‘lgan qiziqishi shakllanishida otasining o‘rni katta bo‘lgan. Otasi doim farzandlarining fan va ilm olishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, bolaligida ularga diktant yozdirgan va bilimlarini sinovdan o‘tkazgan. Otasi o‘zi ham doim kitob mutolaa qilgan. Repetitor ustozlari esa uni doim qoʻllab-quvvatlab, toʻgʻri yoʻlga boshlagan.

Maxliyo bo‘sh vaqtida onlayn kurslar orqali kundalik hayotda kerak bo‘ladigan bilimlarni o‘rganadi hamda sogʻliq uchun foydali bo‘lgan ishlar bilan shugʻullanadi. Uning hayotiy shiori: «Millat farzandlariga ilm ulasha oladigan inson boʻl!» U liderlik uchun ilmda barchaga o‘rnak bo‘lish, ijtimoiy va madaniy hayotda faol qatnashish hamda o‘z ustida muntazam ishlash zarur, deb hisoblaydi.

Kelajakda u hozir o‘rganayotgan bilim va tajribalarini yosh avlodga yetkaza oladigan masʼuliyatli pedagog bo‘lishni, o‘zbek adabiyotini chuqur o‘rganishni va oliy taʼlimda zamonaviy, ilmli pedagoglarni o‘qitishni maqsad qilgan. U boshqalarga niyatni to‘g‘ri qilish, maqsadni aniq belgilash, vaqtni taqsimlab ilm olish va uni amalda qo‘llashni maslahat beradi.

Hoziroq ariza qoldirish