Maxamadyaminova Zuhra Ravshan qizi

Maxamadyaminova Zuhra Ravshan qizi
Maxamadyaminova Zuhra Ravshan qizi
11 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Maxamadyaminova Zuhra Ravshan qizi 2005-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Sergeli tumanida yashaydi. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-kurs talabasi bo‘lib, tarjima nazariyasi va amaliyoti, italyan tili sohasida tahsil oladi.

U gidlik faoliyati bilan shug‘ullanadi va faoliyatini 2025-yildan boshlagan. Erasmus+ dasturi g‘olibasi bo‘lgan hamda “Alta Moda Italiana a Tashkent 2025” moda namoyishida tarjimonlik qilgan. Universitetning italyan tili yo‘nalishiga o‘qishga kirgani uning hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan.

Uning shiori: “Katta maqsadlar kichik, ammo doimiy qadamlar bilan amalga oshadi.” U natijadan ko‘ra jarayonga, o‘rganishga va har kuni rivojlanishga ishonadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat har qanday vaziyatga moslashuvchanlikdir.

Bo‘sh vaqtida podkast, qo‘shiq va ko‘pincha audiokitob tinglaydi. Shuningdek, gullar parvarishiga juda qiziqadi va bu yo‘nalish bo‘yicha kelajak uchun o‘z rejalari mavjud. U boshqalarga italyan va ingliz tillarini, shuningdek, gidlikka oid ko‘nikmalarni o‘rgata oladi.

Kelajakdagi maqsadi o‘z sohasida yaxshi mutaxassis bo‘lish va chet davlatga o‘qish uchun ketishdir.

“Il frutto della pace è appeso all'albero del silenzio.”

Hoziroq ariza qoldirish