Maxmadiyorova Pokizaxon

Maxmadiyorova Pokizaxon Akram qizi
Maxmadiyorova Pokizaxon Akram qizi
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Maxmadiyorova Pokizaxon Akram qizi 2008-yil 1-mayda Qashqadaryoda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U 2026-yildan boshlab oliy ta’limdagi o‘qish faoliyatini boshlagan va Jahon tillari universitetida fransuz tili yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda.

Pokizaxon ingliz tili bo‘yicha bilimlarini rivojlantirib, o‘quvchilarga yordam berish hamda ta’lim sohasida tajriba orttirishga qiziqib kelmoqda. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikatlar sohibasi va tilchi.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, xorijiy tillarni o‘rganish, ingliz va fransuz tillari bo‘yicha bilimlarini oshirish, musiqa tinglash hamda yangi bilim va ko‘nikmalar egallash bilan shug‘ullanadi. Uning qiziqishlari orasida pazandalik va chizmachilik alohida o‘rin tutadi. Yangi retseptlarni sinab ko‘rish va rasm chizish orqali bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni yaxshi ko‘radi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Haqiqiy lider faqat boshqalarga topshiriq beradigan emas, balki o‘zi ham javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan insondir. U jamoasini tinglaydi, to‘g‘ri qaror qabul qiladi va qiyin vaziyatda boshqalarga tayanch bo‘la oladi.

Pokizaxon kelajakda ko‘proq tillarni o‘rganish, chet elga sayohat qilish, yurtimizdagi yoshlarning yangi tillarni o‘rganishiga o‘z hissasini qo‘shish, yangi loyihalarda faol qatnashish hamda jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni rejalashtiradi. Uning hayotiy prinsipi: “Orzular faqat xayol bo‘lib qolmasligi uchun ularga ishonch, harakat va qat’iyat kerak. Har bir yangi kun — maqsad sari tashlangan yana bir qadam.”

Hoziroq ariza qoldirish