Maxmudov Soyipjon Mexriddin oʻgʻli
Maxmudov Soyipjon Mexriddin o‘g‘li 2008-yil 9-fevralda Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand shahrida yashaydi. Hozirda Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetining 1-kurs talabasi bo‘lib, yo‘nalishi — tarixchi.
U faoliyatini yoshligidan, 5-sinfdan boshlab maktab davrlarida boshlagan. Milliy sertifikatlarda tarix fanidan A+, geografiya fanidan B, ona tili fanidan C+ darajalariga ega. Tuman olimpiadalarida geografiya fanidan 2 marta 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, kurash, dzyudo, sambo va yugurish bo‘yicha viloyat hamda tuman musobaqalarida 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Soyipjon ustozlari va ota-onasidan ko‘p narsani o‘rganganini ta’kidlaydi. Uning hayotiy prinsipi — harakatdan to‘xtamay, faqat oldinga intilish; charchaganingda maqsadga erishishga oz qolgan bo‘ladi. Bo‘sh vaqtida sport to‘garaklari va kurash bilan shug‘ullanadi, badiiy asarlar o‘qiydi hamda til o‘rganadi.
Uning fikricha, jamoada ishonchli va mas’uliyatli bo‘lish lider uchun eng muhim fazilatlardandir, chunki hamma liderdan o‘rnak oladi. U mas’uliyatni aytilgan vazifalarni o‘z vaqtida, tartib bilan va qonun-qoidalarga asosan bajarish deb biladi. U o‘zidagi bilimlarni atrofidagilarga imkon qadar ulashib, yordam bera oladi; mas’uliyat, sport yo‘nalishida ishonchli bo‘lish, tarix hamda boshqa hayotiy bilimlar borasida foydali bo‘lishga intiladi.
Kelajakda buyuk tarixshunos olim, el-yurtga foydasi tegadigan shaxs bo‘lib yetishish va yangiliklar yaratishni maqsad qilgan. U tartib-qoidalarni yaxshi ko‘radi, yolg‘onni yomon ko‘radi, kun tartibiga asoslanib ishlaydi va ba’zida biroz hazillashadi.
