Maxmudova Dinora Jamshid qizi

Maxmudova Dinora Jamshid qizi
Maxmudova Dinora Jamshid qizi
7 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Maxmudova Dinora Jamshid qizi 19.07.2009-yilda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyida yuridik yo‘nalishda tahsil oladi hamda 2025-yildan yuridik litseyda faoliyatini boshlagan.

Dinora ingliz tili bo‘yicha CEFR B2 darajasi sohibasi. U "Yurakdan Yurakka" loyihasiga asos solgan. Shuningdek, majburiy fanlardan sertifikatlar asosida DTM imtihonlaridan oldindan ozod etilgan.

Bo‘sh vaqtida "Zakovat" intellektual klubi o‘yinlarida ishtirok etadi, badiiy hamda kriminologiyaga oid asarlarni mutolaa qiladi. Yangi texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy tendensiyalarni kuzatib borish uning sevimli mashg‘ulotlaridandir. U intellektual o‘yinlar hamda tahliliy fikrlashni talab qiladigan loyihalar bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radi va har qanday yangi sohani tez o‘zlashtira olishini ta’kidlaydi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun auditoriya ishonchiga sazovor bo‘lish, uni o‘ziga jalb qila olish va ergashtira olish muhim. Dinora odamlar bilan umumiy til topishish, jamoani yagona maqsad atrofida birlashtirish hamda har bir insonning kuchli tomonini kashf etib, undan unumli foydalanishga intiladi. U o‘zgarishlardan qo‘rqmaslik va doimiy ravishda shaxsiy o‘sish ustida ishlashni hayotiy shioriga aylantirgan. Uning hayotiy shiori: "O‘zing o‘zgar, shunda atrofingdagi dunyo ham o‘zgaradi."

Kelajakda xalqaro advokat darajasiga erishishni maqsad qilgan.

"Dunyodagi eng katta adolatsizlik — adolat niqobi ostida qilingan jinoyatdir."

Hoziroq ariza qoldirish