Maxmudova Gulorom Abduqodir Qizi
Maxmudova Gulorom Abduqodir qizi 2007-yil 17-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi. U Toshkent davlat tibbiyot universitetining bakalavr bosqichi 2-bosqich talabasi bo‘lib, Pediatriya ishi yo‘nalishida tahsil oladi.
Uning faoliyati maktab davrida o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishdan boshlangan. Kimyo va biologiya fanlariga qiziqqan Gulorom 2025-yilda Toshkent davlat tibbiyot universitetiga grant asosida qabul qilingan. U universitet ichki tanlovlari g‘olibasi bo‘lib, jumladan, “Zakovat” ayollar ligasida 3-o‘rin sohibasidir.
Hayotida ota-onasi muhim ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: “Men shunchaki yashash uchun emas, o‘sish, yaratish va iz qoldirish uchun yashayman”. Gulorom liderlik uchun tashabbuskorlik, muloqot va odamlarni birlashtira olishni muhim deb biladi.
Bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar o‘qiydi, Telegram va ijtimoiy tarmoqlarda tabriklar tayyorlab insonlarga quvonch ulashadi. Shuningdek, mashina haydaydi, she’rlarni ifodali o‘qiydi, qo‘shiq kuylaydi, yolg‘iz sayr qiladi, videolar yaratadi, chiroyli rasm va videolar oladi, mushuklar hamda itlarni sayr qildiradi.
Kelajakda u chet elda magistratura yoki rezidentura uchun grant yutib olishni, eng zo‘r shifokor bo‘lishni, o‘z klinikasiga ega bo‘lishni va juda ko‘p davlatlarga sayohat qilishni maqsad qilgan. U bir joyda to‘xtab qolishni yoqtirmaydi: o‘rganish, yaratish va har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lish uning asosiy yo‘lidir. Tibbiyot uning kasbi bo‘lsa, rivojlanish hayotiy prinsipidir.
