Мелиқозиева Мухлиса Равшан Қизи

Meliqo’ziyeva Muxlisa Ravshan qizi 10.06.2007-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. UzJoku’da tugallanmagan oliy ta’limning 4/2-bosqichida tahsil oladi va jurnalist sifatida faoliyat yuritadi. U faoliyatini 1-kursligidan boshlagan.

Muxlisaning hayotiga onasi doim ta’sir qiladi. Uning shiori: “Men uchun chegaralar — to‘xtash uchun emas, oshib o‘tish uchun.” Bo‘sh vaqtida ko‘proq kitob o‘qiydi va rolik uchadi. U ekstrovert inson.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonlarni boshqara olish xususiyatiga ega bo‘lish va hammaga birdek muomala qilish muhim. Kelajakda yetuk jurnalist bo‘lishni maqsad qilgan. U insonga kerak bo‘ladigan ko‘p narsani o‘rgata oladi, deb hisoblaydi.

“Pulni to‘y-hashamga emas, ta’limga investitsiya qiling. Yoshingizning farqi yo‘q, muhimi o‘qib, izlaning.”

Hoziroq ariza qoldirish