Mirzadilov Lazizbek Jasur O'g'li
Mirzadilov Lazizbek Jasur o‘g‘li 2008-yil 5-iyunda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Hozirda Buxoro shahrida yashaydi. U o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, 2017–2024-yillarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 2024–2026-yillarda Toshkent viloyati Baytqo‘rg‘on tumanida joylashgan IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyida tahsil olgan. Hozirda Buxoro shahrida joylashgan Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining 1-bosqich talabasi. Faoliyatini 2026-yildan boshlagan.
Maktab va akademik litsey davrida o‘qishda yuqori natijalarga erishib, fanlarni puxta o‘zlashtirgani va bilim olishga bo‘lgan kuchli qiziqishi bilan ajralib turgan. U O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot hamda tarbiyaviy-profilaktik oylik doirasida tashkil etilgan Respublika o‘quv-seminarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shuningdek, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “ZAKOVAT” intellektual o‘yinining “Toshkent viloyati” hududiy bosqichida sardorlik qilgan jamoasi bilan faxrli 1-o‘rinni egallagan.
U turli yoshlar va jamoatchilikka oid volontyorlik harakatlari hamda ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etgan, jamoat tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashgan. Chet tillarini o‘rganishga kuchli qiziqish bildiradi. Xususan, turk tilini yuqori darajada o‘zlashtirgan, kundalik va rasmiy mavzularda erkin muloqot qila oladi, matnlarni yaxshi tushunadi hamda o‘z fikrlarini ravon va aniq ifodalay oladi. Kelgusida bir nechta xorijiy tillarni mukammal egallashni maqsad qilgan.
Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasi va ustozlaridir. Kelajakda sifatli ta’lim olish, tanlagan sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish, xalqaro loyihalar va yoshlar tashabbuslarida faol ishtirok etish, volontyorlik faoliyatini rivojlantirish hamda jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarni amalga oshirishni istaydi. Uning hayotiy shiori: “Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intil.”
