Mirzarahmatova Roziya Mirzaahmad Qizi

Mirzarahmatova Roziya Mirzaahmad Qizi
Mirzarahmatova Roziya Mirzaahmad Qizi
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Mirzarahmatova Roziya Mirzaahmad qizi 2008-yil 17-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi.

U dastlab o‘rta umumiy ta’limda tahsil olgan. Hozirda O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universitetining Jurnalistika yo‘nalishida 1-bosqich bakalavr talabasi bo‘lib, shu yil grant asosida talabalikka qabul qilingan. U IELTSdan 5.5 ball olgan hamda milliy sertifikat bo‘yicha B2 darajaga ega.

Roziya maktab tadbirlarida faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallagan. Maktablararo insholar tanlovida 3-o‘rinni olgan. U tadbirlarda o‘z she’rlarini o‘qib, ustozlar maqtoviga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, maktab va maktablararo tanlovlarda faxrli o‘rinlar hamda esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritgan. Oila a’zolari va do‘stlari uning ijodkorligi, kreativligi hamda rassomlik qobiliyatini ta’kidlashadi. U ijod va san’at sohasiga alohida mehr qo‘ygan.

Uning hayotida onasi va otasi doimo o‘rnak bo‘lib kelgan. Ular nomzod tanlagan sohadan yiroq bo‘lsalar-da, uning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashadi. Roziya hozirgacha erishgan yutuqlarida ota-onasining hissasi borligini ta’kidlaydi. Ota-onasi uning grant asosida o‘qishga kirishiga ishonishgan va u ularning ishonchini oqlagan. Uning maqsadi yanada yuksak marralarni zabt etib, ota-onasining mehnati va sabriga munosib natijalarga erishishdir.

Bo‘sh vaqtida Roziya rasm chizadi, musiqa tinglaydi va kuylashga qiziqadi, kitob o‘qiydi hamda she’r yozadi. U Instagram’da “Rozia’s bakery” brendi ostida shirinlik blogini yuritadi. Kelajakda u xolis va tajribali jurnalist bo‘lishni, karyerasida eng cho‘qqilarga chiqishni, shuningdek, biznes sohasida o‘zini rivojlantirishni rejalashtiradi. U ota-onasi faxrlanib ayta oladigan haqiqiy farzand bo‘lishni maqsad qilgan. Agar jurnalistika sohasini tanlamaganida, balki san’at sohasini tanlagan bo‘lardi.

Uning hayotiy prinsipi: «Maqsadi aniq inson bahona emas, unga erishish yo‘lini izlaydi. Qiyinchilikka duch keldingizmi? Demak, siz o‘z maqsadingiz sari qadam tashlabsiz. Aslida mashaqqat insonni charxlaydi, tafakkurini uyg‘otadi, qat’iyatini oshiradi».

Hoziroq ariza qoldirish