Mohinur Abduxalilova Komiljon Qizi
Mohinur Abduxalilova Komiljon qizi 03.11.2005-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U Namangan viloyati, Uychi tumanida yashaydi. Hozirda NamDTU bakalavr bosqichida tahsil olmoqda, ta’lim darajasi — tugallanmagan oliy.
U faoliyatini 2024-yildan kichik tashkilotlar bilan boshlagan. 2025-yilda robototexnika sohasi bo‘yicha Gines rekordiga «Yo‘lovchi AI» loyihasi bilan kiritilgan.
Mohinurning hayotiy prinsipi: «Yetakchi bo‘lish — boshqalardan o‘zish emas, balki har kuni o‘zidan o‘za olish demakdir». Uning fikricha, lider nafaqat o‘z harakatlari, balki butun jamoaning natijalari va xatolari uchun ham javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. U bo‘sh vaqtida raqs va fortepiano bilan shug‘ullanadi. Kelajakdagi maqsadi — eng yuqori unvon egasi, podpolkovnik bo‘lish.
