Muhammadova Zilolaxon Abduqahhorovna
Muhammadova Zilolaxon Abduqahhorovna 2008-yil 2-aprelda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. U Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Kichik Qo‘shtepa qishlog‘ida yashaydi. 20-maktabda 11 yillik ta’limni tugatgan va hozirda tugallanmagan oliy ta’lim olmoqda.
Zilolaxon Namangan davlat pedagogika institutining Filologiya: ona tili va adabiyoti, rus tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi. U tarix fanidan milliy sertifikatning A darajasiga erishgan.
Bo‘sh vaqtlarida asosan kitob mutolaa qiladi, rassomchilik bilan shug‘ullanadi hamda o‘z ustida yanada ishlash uchun qo‘shimcha Xitoy tili kursiga qatnaydi. U bu kursni karyerasi uchun juda muhim deb biladi. Shuningdek, huquq fanini juda yoqtiradi, bu yo‘nalishda anchagina bilimga ega va o‘z huquqlaridan oqilona foydalana oladi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — o‘ziga bo‘lgan ishonch. Zilolaxon kelajakda ko‘plab davlatlarga sayohat qilishni, o‘z biznes g‘oyasini ilgari surishni, yoshlarni kitob o‘qishga jalb etishni va ular bilan jamoa bo‘lib, yordam berishni istaydi. U yoshlarni kitob o‘qish orqali ehson qilish hamda o‘zlari uchun ilm olish yo‘liga boshlashni, bu yo‘lda ularga rahbarlik qilishni rejalashtiradi. Asosiy maqsadlaridan biri — Xitoy davlatida o‘qish.
U boshqalarga o‘z yo‘llari va kelajaklarini to‘g‘ri tanlash, ilm olish hamda kitobga muhabbatni singdirish borasida motivatsiya bera oladi. Uning hayotiy shiori: “Orzular orzu bo‘lib qolmasligi uchun harakatni hozirdan boshlash kerak”.
“Bugun qiyin bo‘lgani uchun o‘qimasang, ertaga kechagi qaroringning natijasi bilan yashaysan. Bugun ozgina qiynalib o‘qisang, ertaga o‘zingga rahmat aytasan.”
